O‘zbekistonda necha kishi koronavirusga test topshirgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
08 aprel 2020
8625O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi yuqtirgan fuqarolarni aniqlash uchun bugungacha 60 mingdan ortiq test o‘tkazildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov brifing vaqtida ma’lum qildi.
“7 aprel soat 23:00 holatida butun respublika bo‘yicha koronavirus infeksiyasini aniqlash uchun 61 666 kishida testlar o‘tkazilgan. Testlar respublikaning barcha hududida o‘tkazilyapti. So‘nggi sutka davomida 5800 ta test o‘tkazildi”, dedi Nurmat Otabekov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar soni 534 nafarga yetdi. Bugungacha ularning 30 nafari davolangan, 3 nafari vafot etgandi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi