O‘zbekistonda necha kishi karantinga olingani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

photo_2020-03-27_15-03-25

O‘zbekistonda 100 mingga yaqin odam karantin muddatini o‘tayapti. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ma’lum qildi. 

“Karantin tadbirlari davom etmoqda. 92 mingdan ko‘proq fuqaro tibbiy kuzatuv ostiga olingan va karantin muddatlarini o‘tayapti. Ulardan olingan namunalar muntazam ravishda virusologiya laboratoriyalarida tekshiruvdan o‘tkazilyapti. 

Karantin tadbirlari o‘z samarasini beryapti. Kasallikning keng ko‘lamda tarqalib ketishiga yo‘l qo‘yilmayapti. Ijobiy natijalar ham paydo bo‘la boshladi. Ushbu jarayon davomiy bo‘lishi uchun siz uyda qolishingiz, karantin talablariga rioya qilishingiz, muloqotdan o‘zingizni tiyishingiz va muloqotga ehtiyoj tug‘ilsa, masofani saqlashingiz kerak bo‘ladi”, dedi Nurmat Otabekov.

Avvalroq, koronavirus yuqtirgan 12 kishi og‘ir ahvolda ekani haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha virus yuqtirganlar 1692 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 357 nafari davolangan va  6 nafari vafot etgan. 

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang,  #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

334

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing