O‘zbekistonda masjidlar soni 2075 taga yetdi
Jamiyat
−
20 Sentabr 2020 13468 1 daqiqa
Samarqand viloyatida yana bir masjid faoliyatini boshladi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ma’lum qildi.
Samarqand viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan “Yangiobod” masjidi ro‘yxatdan o‘tkazildi. Uning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma diniy tashkilotga topshirildi.
Endilikda O‘zbekistondagi masjidlar soni 2075 taga yetdi. Masjidlar soni ko‘pligi bo‘yicha Samarqand viloyati respublikada yetakchi o‘rinda turadi. Viloyatda masjidlar soni 286 ta.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 sentyabr kuni Namangan viloyatda ham bir masjid ro‘yxatdan o‘tkazilib, foydalanishga topshirilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr