Sergelidagi masjidda yong‘in chiqdi (video)

3-sahifa

−

image

Bugun, 2 oktyabr kuni Toshkent shahar Yangihayot tumanidagi yangi qurilayotgan masjid binosida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 08:47 da Yangihayot tumani, Sergeli 4-dahasida joylashgan yangi qurilayotgan masjid binosining gumbaz qismi tutayotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, qutqaruv ekipajlari voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, vaziyat Toshkent shahar FVBB tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Aytilgan manzilda masjid binosining gumbaz qismida penopoliuritan yonib zararlangan, yong‘in soat 12:04 da o‘chirilgan. 

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani Amir Temur ko‘chasida joylashgan ikki yonma-yon qurilgan umumiy ovqatlanish shoxobchalarida yong‘in sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing