Istanbuldagi masjidda qurolli otishma bo‘ldi (video)
Olam
−
09:53 952 1 daqiqa
Turkiyaning Istanbul shahridagi Ayubsulton masjidida ibodat davom etayotgan paytda ikki kishi o‘rtasida janjal chiqdi. So‘ng janjal kuchayib, qurolli to‘qnashuvga aylanib ketdi. Bu haqda “Haberturk” xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea kecha, 28 sentyabr kuni Ayubsulton masjidida sodir bo‘lgan. Ibodat davom etayotgan vaqtda 38 yoshli S.A. va A.M.Ch. o‘rtasida hozircha sababi noma’lum bo‘lgan janjal yuzaga kelgan.
Janjal kuchayib ketgach, A.M.Ch. yonida bo‘lgan ruxsatnomali to‘pponchasini chiqarib, uni to‘xtatish maqsadida havoga 4 marta o‘q uzgan.
O‘q ovozlaridan so‘ng masjidda sarosimali vaziyat yuzaga kelgan. Xabar berilishi bilan voqea joyiga Ayubsulton tumani politsiya xodimlari yetib kelgan.
Huquq-tartibot xodimlari A.M.Ch.ni foydalangan quroli bilan birga qo‘lga olgan.
Bildirilishicha, hodisa yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Manisa viloyati Turgutlu tumanidagi litsey oldida noma’lum shaxs qurol bilan atrofga tasodifiy o‘q uzgandi. Hujum oqibatida bir o‘quvchi halok bo‘lib, 8 kishi jabrlangan.
Live
Barchasi