O‘zbekistonda kunduzgi ta’limda o‘qiydigan talabalar soni rekord darajaga yetdi

Jamiyat

−

image

Oliy ta’lim tashkilotlarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar soni so‘nggi 10 yilda 2,7 barobarga oshdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yili boshida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni 707,3 ming nafarni tashkil etgan.

Ushbu ko‘rsatkichni 2015/2016 o‘quv yili boshiga nisbatan taqqoslaganda 443,4 ming nafarga yoki 2,7 barobarga oshgan.

Kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni yillar kesimida quyidagicha:

  • 2015/2016 o‘quv yili boshiga – 263,9 ming nafar;
  • 2016/2017 o‘quv yili boshiga – 267,9 ming nafar;
  • 2017/2018 o‘quv yili boshiga – 287,5 ming nafar;
  • 2018/2019 o‘quv yili boshiga – 313 ming nafar;
  • 2019/2020 o‘quv yili boshiga – 360,1 ming nafar;
  • 2020/2021 o‘quv yili boshiga – 441,8 ming nafar;
  • 2021/2022 o‘quv yili boshiga – 553,9 ming nafar;
  • 2022/2023 o‘quv yili boshiga – 622,6 ming nafar;
  • 2023/2024 o‘quv yili boshiga – 661,8 ming nafar;
  • 2024/2025 o‘quv yili boshiga – 707,3 ming nafarni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024/2025 o‘quv yili boshiga ko‘ra, O‘zbekistonda joylashgan oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalarning umumiy soni 12,5 ming nafarni tashkil etishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing