O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning qanchasi qayta virus yuqtirayotgani aytildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bundan bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda joriy yil yoz faslida koronavirus tarqalishi avjiga chiqish haqida xabarlar tarqaldi. Shuningdek, shifokor Azizbek Boltayev koronavirusga chalingan odamda anitanalar 7 oygacha saqlanishi haqida ma’lumot berdi. Ammo bunga biror-bir ilmiy tadqiqotdan dalil keltirilmagandi.

Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov O‘zbekistonda koronavirus tarqalishi bo‘yicha o‘tkazilgan brifingda shu savolag ham javob berdi.

“Maqolada kasallangan insonda hosil bo‘lgan immunitet 7 oyga qadar saqlanadi deyilgan, lekin qanday manbalarda ushbu izlanishlar chop etilganligini va 7 oylik muddatni asosli manbasi ko‘rsatilmagan, bizning izlanishlarimizda esa qayta kasallanish darajasi umumiy kasallanganlarning 0,17 foizini tashkil qilmoqda. Bundan ko‘rinib turibdiki kasallanganlardagi immunitet ko‘rsatilgan muddatda yo‘q bo‘lib ketmas ekan, aksincha, o‘z qarshiligini davom ettirmoqda”, deydi Qurbonov.

Jamoaviy immunitet shakllanishi jarayonini monitoring qilib borish maqsadida Virusologiya ITI laboratoriyasi nazorati ostida Respublika buyicha 2020 yil 27 avgustdan 11 sentyabrga qadar 86 879 nafar shaxslarning qon namunalari antitanachalar taxlilidan o‘tkazilib, ulardan 19869 (23 foiz) nafarida koronavirusga karshi antitanalar aniqlandi. Shundan Toshkent shaxrida 14929 nafar shaxsning qon namunalari tekshirilib, koronavirusga qarshi antitanalar 3011 (20 foiz) shaxsda aniqlandi.

Eng ko‘p antitanalar aniqlangan viloyatlar - Buxoro (38 foiz), Xorazm (36 foiz), Navoiy (34 foiz).


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

384

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing