O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning ahvoli haqida ma’lumot berildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusga chalinib, shifoxonada davolanayotgan bemorlarning 11 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

“Mamlakatimizda ayni daqiqalarga kelib, koronavirus kasalligi bilan 3 ming 718 bemor ro‘yxatga olingan. Kuni kecha 22 nafar, jami 2 ming 859 nafar, ya’ni 77 foiz bemor to‘liq sog‘aygan va reabilitatsiya markazlariga o‘tkazilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, shifoxonalarda 844 bemor davolanmoqda, 9 nafarining ahvoli og‘ir, 2 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir”, deydi Otabekov.

Uning ta’kidlashicha, karantin tadbirlari davom etyapti. 46 mingdan ko‘proq fuqaro karantin muddatlarini o‘tayapti. Koronavirus kasalligi bo‘yicha epidemik vaziyat jiddiyligicha saqlanib turibdi. 

“Kuni kecha kasallik qayd etilgan 79 fuqaroning 15 nafari aholi orasida aniqlangan. 13 nafari Toshkent shahrida, 1 nafari Sirdaryo va yana 1 nafari Toshkent viloyatida. Ming afsuski, oxirgi aniqlangan 16 bemorning 2 nafari yana Toshkent shahriga to‘g‘ri kelyapti. Ushbu bemorlar Yashnobod tumani aholi orasida aniqlangan”, dedi Nurmat Otabekov.


Ma’lumot uchun, so‘nggi kunlarda aholi orasida koronavirus yuqtirish holatlari ko‘paydi. Bunga karantin qoidalariga rioya qilinmayotgani, bir niqob haftalab taqilishi va ijtiomoiy masofani saqlamaslik sabab qilib ko‘rsatildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni 3718 nafarni tashkil qilyapti. Bugungacha ularning 2859 nafari sog‘aygan va 15 nafari vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan O‘zbekistonda amaldagi karantin talablari 2020 yil 15 iyunga qadar uzaytirilgan edi.

Ammo karantin cheklovlari biroz yumshatildi. Xususan, “yashil” hududlarda belgilangan tartibda to‘y va oilaviy marosimlar o‘tkazishga hamda viloyatlararo harakatlanuvchi avtobuslar qatnoviga ruxsat berildi. 5 iyundan O‘zbekistonda futbol musobaqalarini davom ettirish belgilandi. Shu bilan birga barcha hududlar uchun birdek o‘z kuchida qoladigan cheklovlar ham e’lon qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

173

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing