O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayish ko‘rsatkichi 89 foizga yetdi

Jamiyat

image

Bugun, 21 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 121 nafarga oshib, 37946 nafarni tashkil etmoqda.
 
Yangi kasallanish holatlari:

113 nafari Toshkent shahrida;

5 nafari Toshkent viloyatida;

3 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
 
Shu bilan birga, Yashnobod tumanida yashagan 74 yoshli O.S. (erkak) hamda Uchtepa tumanida yashagan 59 yoshli G.M. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
 
E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar yurtimizda 367 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, jami sog‘ayganlar 33809 nafarga (89 foiz) yetdi.
 
‼️Hozirda mamlakatda 3879 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

460

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing