O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni nega ko‘payayotganligiga izoh berildi

Jamiyat

image

Kecha, 5 aprel kuni AOKA shtabida koronavirus pandemiyasi masalasi yuzasidan brifing o‘tkazildi. Unda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ishtirok etdi va fuqarolarni o‘ylantirib kelayotgan qator savollarga javob qaytardi.

Ommaviy axborot vositalarida 13 nafar, 7 nafar, 2 nafar bemorning bu infeksiyadan tuzalayotganlari to‘g‘risida xabarlar berilyapti. Nega shuncha odam tuzalsa, umumiy kasallanganlar soni kamaymayapti, kundan kunga kupayib boryapti, deyiladi savollardan birida.

“Bugungi kunda kasallikning 40 foizi — chet eldan kelganlar va qolgan 60 foizi — muloqotda bo‘lgan fuqarolar orasida aniqlanmoqda.

Hozirgi vaqtda bemorlar bilan kontaktda bo‘lgan va karantinga olingan fuqarolar soni — 100 mingdan ortiq ekanini inobatga olsak, tabiyki ular orasida ham bemorlar aniqlanadi.

Shuning uchun karantinga olingan fuqarolarning karantin davri tugamaguncha, kasallikning kamayishini kutib bo‘lmaydi”, dedi Nurmat Otabekov ushbu savolga javob qaytarar ekan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugunga kelib bemorlar soni 342 nafarga yetdi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlarning 30 nafari davolandi, 2 nafari vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

1289

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing