O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 118 nafarga oshdi

Jamiyat

image

Bugun, 18 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 118 nafarga oshib, 16186 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 40 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 31 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 25 nafari Buxoro viloyatida hamda 22 nafari Sirdaryo viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 31 nafar, Namangan viloyatida 55 nafar, Andijon viloyatida 33 nafar hamda Navoiy viloyatida 5 nafar, jami 124 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib O‘zbekistonda 9127 (+124) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (56 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 6976 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

178

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing