O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 6800 nafardan oshdi
Jamiyat
−
24 iyun 2020
727724 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 92 nafarga ortib, 6847 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 64 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 28 nafari Toshkent shahrida (shundan 15 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 13 nafari aholi orasida) qayd etilgan.
Ayni paytda mamlakatda 4588 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi.
Hozirda mamlakatning o‘nta xududidagi shifoxonalarida davolanayotgan 2240 nafar bemorga shifokorlartomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 18 nafari og‘ir, 4 nafar bemorning ahvoli o‘ta og‘irligicha qolmoqda.
LiveBarchasi