O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 500 nafardan oshdi

Jamiyat

image

Bugun, 7 aprel soat 15:00 holatiga O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 32 nafarga ortib, 504 nafarga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlarning 30 nafari davolandi, 2 nafari vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

531

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing