O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 26 mingdan oshdi
Jamiyat
−
03 avgust 2020
11489Bugun, 3 avgust soat 16:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 238 nafarga oshib, 26 066 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlari:
• 117 nafari Toshkent shahrida;
• 114 nafari Toshkent viloyatida;
• 7 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 172 nafar, Toshkent viloyatida 114 nafar, Andijon viloyatida 22 nafar, Navoiy viloyatida 14 nafar hamda Farg‘ona viloyatida 9 nafar, jami 331 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda 16 838 (+331) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (64 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 9 071 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi