O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 173 nafarga yetdi
Jamiyat
−
01 aprel 2020
11617O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni ayni paytgacha yana bir nafarga oshib, 173 nafarga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Avvalroq, Farg‘onada koronavirusga chalingan bemorning ahvoli og‘irlashgani haqida xabar bergan edik.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlarning 8 nafari kasallikdan forig‘ bo‘ldi, 2 kishi vafot etdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi