O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 12 mingdan oshdi
Jamiyat
−
11 iyul 2020
8048Bugun, 10 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 170 nafarga oshib, 12027 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 99 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida;
• 24 nafari Toshkent shahrida aholi orasida;
• 24 nafari Namangan viloyatida (shundan 18 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 6 nafari aholi orasida);
• 16 nafar Qoraqalpog‘iston Respublikasida (shundan 9 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 7 nafari aholi orasida);
• 6 nafari Jizzax viloyatida;
• 1 nafari Farg‘ona viloyatida aholi orasida aniqlangan.
Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 166 nafar, Surxondaryo viloyatida 38 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 16 nafar, Navoiy viloyatida 11 nafar, Xorazm va Buxoro viloyatlarida 6 nafardan, jami 243 nafar bemor tuzaldi. Shunday qilib yurtimizda 7530 (+243) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (62 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 4443 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi