O‘zbekistonda koronavirusga chalingan necha kishining ahvoli og‘irligi aytildi
Jamiyat
−
06 iyul 2020
15871Avval xabar berganimizdek, 5 iyul kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq raqamlar rekord natijani qayd etdi. Shunday qilib, mamlakatda ushbu xastalikka chalinganlar 10 mingdan ortib, 10020 nafarni tashkil etmoqda.
5 iyul kuni mamlakatda 312 holatda kasallik qayd etilgan.
Yangi kasallanish holatlari:
- 190 nafari Karantin muassasalarida;
- 121 nafari aholi orasida (shundan 84 nafari Toshkent shahrida, 21 nafari Toshkent viloyatida, 16 nafari Samarqand viloyatida);
- 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida orasida aniqlangan.
Avval xabar qilganimizdek, bugun kun davomida Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 159 nafar fuqaro sog‘aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 10020 nafar bemordan 6584 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 65 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3402 nafar bemordan 25 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Hozirda mamlakatda uy karantinida 42 895 nafar, statsionar karantinda esa 25 021 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.
LiveBarchasi