O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar 300 nafarga yaqinlashdi
Jamiyat
−
27 avgust 2020
6881Bugun, 27 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 143 nafarga oshib, 40 338 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 125 nafari Toshkent shahrida;
• 18 nafari Toshkent viloyatida aniqlangan.
Shu bilan birga, Kasbi tumanida yashagan 45 yoshli G‘.H. (erkak) hamda Mirishkor tumanida yashagan 36 yoshli Q.R. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Jami qurbonlar soni 297 nafarga yetdi.
Ayni paytga qadar O‘zbekistonda 554 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, jami sog‘ayganlar 37 116 nafarga (92 foiz) yetdi.
Hozirda mamlakatda 2 925 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi