O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar 1000 nafardan oshdi

Jamiyat

image

2021 yil 18 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 146459 nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi sutkada 844 kishida koronavirus aniqlangan. Bu haqda SSV xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 70 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 39 nafari Andijon viloyatida,
  • 21 nafari Buxoro viloyatida,
  • 51 nafari Jizzax viloyatida,
  • 25 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 16 nafari Navoiy viloyatida,
  • 36 nafari Namangan viloyatida,
  • 91 nafari Samarqand viloyatida,
  • 24 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 92 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 73 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 39 nafari Xorazm viloyatida,
  • 98 nafari Toshkent viloyatida,
  • 169 nafari Toshkent shahrida fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 86 nafar
  • Buxoro viloyatida 15 nafar,
  • Jizzax viloyatida 70 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 27 nafar,
  • Navoiy viloyatida 22 nafar,
  • Samarqand viloyatida 182 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 92 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 71 nafar,
  • Xorazm viloyatida 23 nafar,
  • Toshkent viloyatida 94 nafar,
  • Toshkent shahrida 109 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 139021 (+791) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 8 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1002 nafarni tashkil qildi.

Bundan tashqari, 18 avgust kuni 386 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 19586 nafarga yetdi. Kecha ularning 375 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 12168 nafarni tashkil qilmoqda. 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 132 nafarga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

64

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing