O‘zbekistonda koronavirusdan o‘lim bo‘yicha qaysi hudud yetakchi?
Jamiyat
−
12 iyul 2020
29527Bugun, 12 iyul kuni mamlakatda 484 holatda kasallik qayd etildi. Shundan 219 nafari karantin muassasalarida, 265 nafari aholi orasida aniqlandi.
Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Jami qurbonlari soni 60 nafarga yetdi. O‘lim holatlari bo‘yicha 35 kishi vafot etgan Toshkent yetakchilik qilyapti.
Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida 129 nafar fuqaro sog‘aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 12997 nafar bemordan 7852 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 60 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 5085 nafar bemordan 43 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Hozirda mamlakatda uy karantinida 50 253 nafar, statsionar karantinda esa 25 482 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.
LiveBarchasi