O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar keskin ko‘paydi

Jamiyat

image

Bugun, 2 aprel kuni koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning yana 13 nafari butunlay tuzalishdi. Ularning 12 nafari Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan, 1 nafari esa Xorazm viloyatidagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonadan sog‘ayib chiqishdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sog‘ayganlarni Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va boshqa mas’ullar Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatishdi.

Koronavirus infeksiyasi xastaligidan tuzalgan fuqarolarning 1 nafari joriy yil 13 mart kuni Istanbul – Toshkent yo‘nalishidagi reysda, yana 1 nafari esa shu yil 18 mart kuni Moskva – Toshkent yo‘nalishidagi reys bilan O‘zbekistonga kelgan. Qolgan 11 nafar kishi esa koronivirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar bilan muloqotda bo‘lishgan. Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan jami sog‘ayganlar 25 nafarga yetdi.

Tabiiyki, ushbu quvonchli voqea zamirida fidoyi va malakali tibbiyot xodimlarining ulkan hissasi bor. Koronavirus infeksiyasining dunyo bo‘ylab shiddat bilan tarqalayotgan bir paytda, mamlakat shifokorlari sarosimiga tushmasdan, o‘z qasamyodlariga sodiq holda pandemiya bilan kurashishdek katta mas’uliyatni zimmalariga olishdi. Bor bilim va tajribasini ishga solgan holda qahramonlarcha koronavirus balosiga qarshi kurashishga kirishdilar va samarali natijalarga ham erishmoqdalar.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar 190 nafarga yetdi. Ularning 2 nafari vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

383

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing