O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayish rekordi yangilandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayish bilan bog‘liq rekord yangilandi. Bugun, 27 iyul kuni  koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 569 nafari sog‘aydi. 

Jumladan:

- 337 nafari Toshkent shahrida; 

- 75 nafari Toshkent viloyatida;

- 53 nafari Qashqadaryoda;

- 32 nafari Andijonda;

- 22 nafari Namanganda;

- 22 nafari Sirdaryoda;

- 15 nafari Farg‘onada;

- 13 nafari Jizzaxda kasallikdan forig‘ bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha so‘nggi rekord natija shu yilning 25 iyul kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda mamlakatning turli hududlarida 359 nafar bemor tuzalgandi.

Shunday qilib, O‘zbekistonda 11 674 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (55 foiz) sog‘aygan. Bemorlarning 121 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekistonda koronavirus

Baholaganlar

943

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing