SSV tunda aniqlangan koronavirus bemorlari haqida ma’lumot berdi
O‘zbekiston
−
02 Sentyabr 2020 14163 1 daqiqa
Bugun, 2 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 134 nafarga oshib, jami bemorlar soni 42 370 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 115 nafari Toshkent shahrida;
• 19 nafari Toshkent viloyatida aniqlangan.
Shu bilan birga, Sergeli tumanida yashagan 65 yoshli M.A. (erkak) hamda Olmaliq shahrida yashagan 64 yoshli A.U. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda O‘zbekistonda 39 664 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 2 380 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 275 nafari og‘ir, 147 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Ahrorbek Hayrullayev
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr