7 soatda 248 kishida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
10 avgust 2020
8710Bugun, 10 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 248 nafarga oshib, 31 068 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Vazirlikning xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining:
• 116 nafari Toshkent viloyatida;
• 106 nafari Toshkent shahrida;
• 19 nafari Samarqand viloyatida;
• 7 nafari Jizzax viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi uchun profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bugun Sergeli tumanida yashagan 63 yoshli D.S. (erkak) hamda Qibray tumanida yashagan 80 yoshli X.A. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytga qadar O‘zbekistonda 22 559 (+517) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (72 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 8 311 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda, deyiladi vazirlik xabarida.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi