Toshkentda 24 va 81 yoshli ayollar koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat

image

Bugun, 6 avgust soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 220 nafarga oshib, 28 535  nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlar:

•  87 nafari Toshkent shahrida;
•  43 nafari Sirdaryo viloyatida;
•  41 nafari Samarqand viloyatida;
•  11 nafari Farg‘ona viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida;
•  38 nafari esa Toshkent viloyatida chegara post orqali xorijdan kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashagan 24 yoshli D.A. (ayol), Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashagan 81 yoshli K.K. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun Toshkent shahrida 468 nafar, Toshkent viloyatida 194 nafar, Sirdaryo viloyatida 53 nafar, Buxoro viloyatida 27 nafar, Qashqadaryo viloyatida ham 27 nafar, Andijon viloyatida 14 nafar, Farg‘ona viloyatida ham 14 nafar hamda Navoiy viloyatida 7 nafar, jami 804 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, O‘zbekistonda 19 587 (+804) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (68 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 8 771 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekistonda koronavirus

Baholaganlar

340

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing