Xushxabar: O‘zbekistonda Koronavirusdan sog‘ayganlar 22 mingdan oshdi

Jamiyat

image

Bugun, 9 avgust soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 145 nafarga ortib, 30 609 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlari:

- 120 nafari Toshkent shahrida;

- 18 nafari Toshkent viloyatida;

- 7 nafari Namangan viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Olmazor tumanida yashagan 70 yoshli Q.R. (ayol) hamda Yashnobod tumanida yashagan 60 yoshli U.B. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 436 nafar, Toshkent viloyatida 214 nafar, Qashqadaryo viloyatida 31 nafar, Andijon viloyatida 15 nafar, Surxondaryo viloyatida ham 15 nafar, Namangan viloyatida 7 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 nafar hamda Navoiy viloyatida 3 nafar, jami 726 nafar bemor tuzaldi. 

Shunday qilib, 22 042 (+726) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (72 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 8 373 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekistonda koronavirus

Baholaganlar

1014

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing