O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning 88 foizi sog‘aydi
Jamiyat
−
18 avgust 2020
10384Bugun, 18 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi chalinganlar soni yana 252 nafarga oshib, jami bemorlar soni 36 352 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 222 nafari Toshkent shahrida;
• 26 nafari Samarqand viloyatida;
• 4 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bugun, Yunusobod tumanida yashagan 67 yoshli M.Yu. (ayol) hamda Angren shahrida yashagan 61 yoshli M.G. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni vaqtga qadar O‘zbekistonda yana 482 nafari sog‘aydi va jami sog‘ayganlar 32 062 nafarga oshib sog‘ayish ko‘rsatkichi 88 foizga yetdi.
Hozirda mamlakatda 4 048 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi