O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizga yetdi
Jamiyat
−
05 mart 2021
4969Kecha, 4 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 80081 (+46) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 2 nafari Andijon viloyatida;
• 8 nafari Toshkent viloyatida;
• 36 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi 13 nafar;
• Andijon viloyatida 6 nafar;
• Namangan viloyatida 26 nafar;
• Cirdaryo viloyatida 4 nafar;
• Xorazm viloyatida 4 nafar;
• Toshkent viloyatida 25 nafar;
• Toshkent shahrida 57 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 78722(+135) nafarga yetdi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, hozirda O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil qilmoqda.
❗Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 737 nafar bemordan 146 nafari og‘ir, 27 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi