O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayish bo‘yicha kunlik rekord yangilandi

Jamiyat

image

Bugun, 15 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 115 nafarga oshib, 14581 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlar:

•    69 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida;

•    31 nafari Andijon viloyatida;

•    15 nafari Surxondaryo viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 135 nafar, Qashqadaryo viloyatida 97 nafar, Samarqand viloyatida 49 nafar, Surxondaryo viloyatida 34 nafar, Jizzax viloyatida 9 nafar hamda Farg‘ona viloyatida 4 nafar, jami 328 nafar bemor tuzaldi. 

Shunday qilib O‘zbekistonda 8655 (+328) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (59 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 5855 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

932

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing