O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 800 nafarga yaqinlashdi
Jamiyat
−
26 aprel 2020
10660Avvalroq, Buxoro va Toshkentda koronavirusga chalingan 58 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgani haqida xabar bergan edik. Bugungi xushxabarlar shu bilan to‘xtab qolmadi.
Bugun, 26 aprel kuni shu soatlarda Samarqand va Surxondaryo viloyatlaridan 7 nafardan, Buxoro va Andijon viloyatlaridan esa 5 nafardan jami 24 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butkul sog‘aydi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, ular viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Shunday qilib, bugun ayni paytga qadar 82 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 789 nafarni tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirus yuqtirganlar soni 1869 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 8 nafari vafot etgan.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi