O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 44 mingdan oshdi
Jamiyat
−
13 Sentabr 2020
11354Bugun, 13 sentyabr kuni O‘zbekistonda 573 holatda kasallik qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar hamda Samarqand viloyatida 1 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Samarqand, Namangan, Qashqadaryo, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida jami 491 nafar bemor tuzaldi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 47 423 nafar bemordan 44 002 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 029 nafar bemordan 483 nafari og‘ir, 246 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi