O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 2659 nafarga yetdi

Jamiyat

image
Nega Toshkentda bemorlar ko‘p bo‘lsa ham shahar “qizil“ rangda emas? north_east

Nega Toshkentda bemorlar ko‘p bo‘lsa ham shahar “qizil“ rangda emas?

Toshkent shahri va Navoiy viloyatida jami 23 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 27 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“Bugun poytaxtdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 20 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 1 nafar hamda Navoiy viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 2 nafar, jami 23 nafar bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi“, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 10 nafari erkak, 10 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 67 yoshda, yoshi kichigi 5 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent shahridan 5 nafar, Farg‘ona va Toshkent viloyatlaridan 3 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Andijon viloyatidan 2 nafardan, Jizzax, Surxondaryo, Buxoro, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan 1 nafardan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan esa 56 yoshli erkak fuqaro tuzalib chiqdi. Toshkent shahrida shu paytga qadar 955 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 976 nafarga yetdi.

Shuningdek, Navoiy viloyatida tuzalganlarning 1 nafari 30 yoshli erkak, yana 1 nafari esa 35 yoshli ayol bo‘lib, Zarafshon shahridan. Viloyatda endilikda sog‘ayganlar 12 nafarga yetdi.

Ma’lumot uchun, bugun hozirga qadar 23 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab jami sog‘ayganlar 2659 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirda mamlakatda koronavirusga chalinganlar 3355 nafarni tashkil qilmoqda. Bugungacha 14 nafar bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

57

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing