Nega Toshkentda bemorlar ko‘p bo‘lsa ham shahar “qizil“ rangda emas?

Jamiyat

image

Nega boshqa hududlarda bemorlar qolmagan bo‘lsa ham “qizil“ rangda va aksincha, Toshkentda bemorlar ko‘p bo‘lsa ham “qizil“ toifadagi hudud emas? Bu savolga Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi huzuridagi brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva javob berdi.

Nega bemorlar qolmagan viloyatlar haligacha qizil hududga kiritilganu, Toshkentda kasallanganlar soni ko‘pligiga qaramay, sariq hudud deb e’lon qilingan?

“Kasallanish bo‘yicha statistika har kuni o‘zgarib turadi.

Hududda o‘tkazilgan polimeraza-zanjir reaksiyali tahlillar soni, yangi aniqlangan kasallik va tuzalgan bemorlar soni o‘zgarishiga qarab hududlar “rangi“ o‘zgarishi mumkin“, deydi Sevara Ubaydullayeva.

Toshkent shahrida kasallik aniqlanishi ortsa shahar “qizil hudud“ga aylanishi mumkinmi?

“Ha, agar karantin choralari yumshatilganini to‘g‘ri tushunmasdan, beparvolikka yo‘l qo‘yilsa va shu hududda kasallanish ko‘paysa “qizil“ hududga o‘tkazilib, karantin choralari kuchaytiriladi“, deydi Sevara Ubaydullayeva.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri aholisida koronavirus aniqlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

747

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing