O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 100 nafarga yaqinlashdi

Jamiyat

image

Bugun 14 aprel kuni Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infeksiyasiga chalingan 10 nafar bemor butkul sog‘aydi. Bu haqda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi

Ta’kidlanishicha, sog‘ayganlar Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va boshqa mas’ullar ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi. Ma’lum qilinishicha, ularda 2 nafari Turkiyadan Toshkentga charter reys bilan kelgan.

"Sog‘aygan bemorlarning 3 nafari erkak, 7 nafari ayollardir. Ulardan 6 nafari Toshkent shahridan, 3 nafari Toshkent viloyatidan va 1 nafari Samarqand viloyatidan. Bemorlardan ikki nafari joriy yil 28 mart kuni charter reys orqali Turkiyadan Toshkentga kelgan. Qolgan sakkiz nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 62 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 5 yoshda." deyiladi xabarda.

Ayni paytda qadar mamlakatda bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 99 nafar bemor to‘liq sog‘aydi. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

141

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing