O‘zbekistonda koronavirus vaksinasi sinovida kimlar qatnashishi mumkin?
Jamiyat
−
30 Oktabr 2020
9860Avvalroq, Xitoyda tayyorlangan vaksina O‘zbekiston ham sinovdan o‘tkazilshi rejalashtirilgani haqida xabar bergan edik.
Har qanday preparatning ham o‘ziga yarasha nojo‘ya ta’sirlar bo‘ladi. Asosiysi preparatlarni barchaga birdek qo‘llab bo‘lmaydi. O‘zbekistonda kimlar vaksina sinovida qatnashishi mumkin? Bu savollarga SSV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Odilova ma’lum qildi.
“Har bir mamlakatda yangi dori-darmonlar ishlab chiqarilganidan keyin u bir necha bosqichlarda sinovlardan o‘tkaziladi, jumladan vaksinalar ham.
Sinovda qatnashish uchun ko‘ngillilar o‘z xohishlariga ko‘ra tanlab olinadi. Koronavirus kasalligiga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazishda ushbu kasallikka chalinmagan va organizmida immunoglobulin G shakllanmagan ko‘ngillilar qatnashishi mumkin”, deydi Odilova.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda klinik sinovlar 18 va undan katta yoshdagi ko‘ngilli insonlarda o‘tkazilishi kutilmoqda. Sinov boshlanishidan oldin Xitoy Xalq Respublikasi vakillari tomonidan emlash shartlarini tushuntirishga qaratilgan bir qator treninglar o‘tkaziladi.
LiveBarchasi