O‘zbekistonda koronavirus tarqalishi bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar e’lon qilindi
Jamiyat
−
28 may 2021 9860 2 daqiqa
Kecha, 27 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 236 ta yangi koronavirus infeksiyasiga chalinish holati qayd etilib, jami kasallanganlar soni 99580 nafarga yetdi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
• 5 nafari Andijon viloyatida,
• 2 nafari Buxoro viloyatida,
• 4 nafari Jizzax viloyatida,
• 2 nafari Navoiy viloyatida,
• 5 nafari Namangan viloyatida,
• 25 nafari Samarqand viloyatida,
• 2 nafari Sirdaryo viloyatida,
• 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
• 2 nafari Farg‘ona viloyatida,
• 6 nafari Xorazm viloyatida,
• 48 nafari Toshkent viloyatida,
• 127 nafari Toshkent shahrida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
• Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 nafar,
• Andijon viloyatida 24 nafar,
• Buxoro viloyatida 4 nafar,
• Navoiy viloyatida 2 nafar,
• Namangan viloyatida 5 nafar,
• Samarqand viloyatida 49 nafar,
• Surxondaryo viloyatida 2 nafar,
• Farg‘ona viloyatida 1 nafar,
• Xorazm viloyatida 9 nafar,
• Toshkent viloyatida 46 nafar,
• Toshkent shahrida 153 nafar bemor sog‘aygan.
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 95250 (+298) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 687 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3643 nafar bemor davolanmoqda.
Live
Barchasi