O‘zbekistonda koronavirus bemorlarining qanchasi og‘ir ahvolda?
Jamiyat
−
22 aprel 2020
15374O‘zbekistonda koronavirus yuqtirgan bemorlarning 10 nafari og‘ir va 2 nafari o‘ta lg‘ir ahvolda deb baholanyapti. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ma’lum qildi.
“Virusologiya ilmiy-tekshirish institutidan olingan ma’lumotga ko‘ra, ushbu institut klinikasida davolanayotgan 100 bemorning 34 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilyapti, 4 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir. Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutida davolanayotgan 76 bemordan 2 nafarining ahvoli og‘ir. Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida davolanayotgan 138 bemordan 46 nafarida pnevmoniya klinik belgilari bor, 4 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, deb baholanyapti”, dedi Nurmat Otabekov.
Ma’lumot uchun, kecha, 21 aprel kuni O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar 51 nafarga va sog‘ayganlar 96 nafarga ko‘paygandi. Natijada kecha sog‘ayganlar yangi bemorlardan sezilarli ko‘p bo‘lib, o‘ziga xos rekord o‘rnatildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha virus yuqtirganlar 1692 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 357 nafari davolangan va 6 nafari vafot etgan.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi