O‘zbekistonda koronavirus bemorlarining 11 nafari og‘ir ahvolda

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning 10 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

“Bemorlarni davolashda ijobiy natijalar qayd etilyapti. 6 may kuni 76 fuqaro to‘liq sog‘aygan va reabilitatsiya markazlariga o‘tkazilgan. Ayni paytga qadar 1577 nafar, ya’ni 70 foizdan ortiq bemor virusdan forig‘ bo‘ldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, shifoxonalarda davolanayotgan 679 bemordan 10 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir”, dedi Otabekov.

Ma’lumot uchun, mamlakatda epidemiologik vaziyatning yaxshilashgani sababli viloyatlar “qizil”, “sariq” va “yashil” guruhlarga ajratildi. Ularning qaysi guruhga kirishiga qarab, karantin choralari yumshatildi yoki o‘zgarishsiz saqlab qolindi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirus yuqtirganlar 2266 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 1577 nafari sog‘aygan va 10 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

148

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing