O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar 2950 nafarga yetdi
Jamiyat
−
21 may 2020
6954O‘zbekistonda yangi turdagi koronavirus COVID-19 infeksiyasiga chalingan yana 11 nafar bemor aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
2020 yil 21 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2950 nafarni tashkil qilmoqda. Aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 6 nafari oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar, 5 nafari xorijdan kelgan shaxslar (barchasi xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi) orasidan qayd etildi.
Hozirda mamlakatda 565 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 5 nafarining ahvoli og‘ir. Barcha bemorlarga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha bemorlarning 2372 nafari sog‘aygan va 13 nafari vafot etgan.
LiveBarchasi