O‘zbekistonda kiberxavfsizlikka javobgar tashkilot belgilanmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekistonda kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organi etib Davlat xavfsizlik xizmati belgilanmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ko‘rib chiqilayotgan “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun loyihasida nazarda tutilgan.

Kiberxavfsizlik – axborot xavfsizligi bo‘lib, u shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini ichki va tashqi tahdidlardan himoya qilish holatini anglatadi.

Deputat Rasul Kusherboyevning so‘zlariga ko‘ra, yangi qonun O‘zbekiston Respublikasi kibermakonida kiberxavfsizlik sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Shuningdek, kiberxavfsizlik sohasidagi  vakolatli organning vakolatlari, huquq va majburiyatlarini belgilash.

Milliy kiberxavfsizlik sanoatini rag‘batlantirish, rivojlantirish uchun huquqiy bazani yaratish: davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish,  kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash, milliy operatsion tizim va dasturi ta’minotlar yaratish va boshqalardan iborat.


Maqola muallifi

Teglar

DXX kiberxavfsizlik

Baholaganlar

191

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing