AQSH kiberxavfsizlik uchun Markaziy Osiyoga 5 mln dollar ajratdi

Olam

−

image

Vashington Markaziy Osiyo mamlakatlarining raqamli sektori va kiberxavfsizligini rivojlantirish uchun 5 million dollar yo‘naltirdi. Bu haqda bugun, 29 sentyabr kuni Ostonada o‘tayotgan “super intellekt” bo‘yicha S5+1 konferensiyasida ma’lum bo‘ldi.

Qozog‘iston poytaxtida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va AQSH vakillari yig‘ilgan. Uchrashuvning asosiy mavzulari – sun’iy intellekt, raqamli infratuzilma, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari va kibertahdidlardan himoyalanishdan iborat.

AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Mark Kemeron Vashington CRDF Global orqali mintaqa mamlakatlariga 5 million dollar ajratganini ma’lum qilgan.

Mablag‘lar raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va kiberhimoyaga yo‘naltiriladi. Xususan, gap mutaxassislarni tayyorlash, kiberjinoyatlarga munosabat bildirishni yaxshilash, muhim infratuzilma va moliya sektorini himoya qilish, shuningdek, kiberxavfsizlik sohasidagi milliy siyosatni rivojlantirish haqida bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika Prezidenti Donald Tramp bundan buyon AQSHda sun’iy intellekt (SI) “super intellekt” deb atalishini ma’lum qilgandi va boshqa mamlakatlarni ham ularning ta’rifiga ergashishga chaqirgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing