O‘zbekistonda ketma-ket uchinchi kun zilzila qayd etildi

Jamiyat

image

Afg‘onistonda sodir bo‘lgan yer silkinishi O‘zbekistonning 9 ta hududida sezildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Bugun, 28 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:35 da (Grinvich bo‘yicha 04:35 da) Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila koordinatalari: 36,47 gradus shimoliy kenglik, 70,15 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda 5,4, silkinish chuqurligi 200 km. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 539 km janubiy-sharqda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Surxondaryo viloyatida 3 ball, 269 km.
  • Samarqand viloyatida 2-3 ball, 451 km.
  • Jizzax viloyatida 2-3 ball, 454 km.
  • Farg‘ona viloyatida 2-3 ball, 457 km.
  • Sirdaryo viloyatida 2-3 ball, 463 km.
  • Qashqadaryo viloyatida 2-3 ball, 466 km.
  • Andijon viloyatida 2 ball, 516 km.
  • Namangan viloyatida 2 ball, 521 km.
  • Toshkent shahrida 2 ball, 539 km.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 27 avgust kuni Andijonda, 26 avgust kuni esa Jizzaxda zilzila sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston O'zbekiston zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing