Andijonda zilzila qayd etildi

Jamiyat

image

Bugun, 27 avgust kuni Andijon viloyatida 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Mahalliy vaqt bilan soat 03:11 da yer silkinishi yuz berdi. Zilzila epimarkazi Andijon viloyati, Jalaquduq tumani. Zilzila koordinatalari 40,76 gradus shimoliy kenglik, 72,72 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda 4, chuqurlik esa 15 km. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 299 km janubiy-sharqda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Jalaquduq tumanida 3 ball, 8 km.
  • Qo‘rgontepa tumanida 2-3 ball, 13 km.
  • Xo‘jaobod tumanida 2-3 ball, 18 km.
  • Andijon tumanida 2-3 ball, 23 km.
  • Buloqboshi tumanida 2 ball, 27 km.
  • Xonobod tumanida 2 ball, 28 km.
  • Andijon shahrida 2 ball, 31 km.

Maqola muallifi

Teglar

Andijon zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing