O‘zbekistonda karantinga olingan maktablar soni 200 dan oshdi

Jamiyat

image

Bugun, 23 aprel holatiga Respublika bo‘ylab 243 ta maktab to‘liq onlayn ta’limga o‘tkazilgan. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 29 ta maktabda ma’lum bir sinflar onlayn ta’limga o‘tkazilgan.

Bu rakamlar Sanitariya-epidemiologik xizmat markazlarining talabnomalaridan kelib chiqib o‘zgarib boradi.

Ma’lumot uchun, onlayn ta’limga o‘tgan maktab o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda “Onlayn maktab” loyihasi yo‘lga qo‘yilgan.

Avvalroq, mamlakat bo‘ylab 163 ta maktab masofaviy ta’lim shakiliga o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

maktab

Baholaganlar

159

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing