O‘zbekistonda karantin: jamoat transportlari har 4 soatda dezinfeksiya qilinadi

Jamiyat

image

Jamoat transportlari, avtobus va poyezd bekatlari har 4 soatda dezinfeksiya qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligida bugun, 15 mart kuni Vazirlar Mahkamasida o‘tgan O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi Matbuot anjumanida aytib o‘tildi.

Ertaga, 16 martdan boshlab Call-markaz – 1003 tezkor raqami ishga tushiriladi. Bundan tashqari, 71−276−49−66 telefon raqami orqali Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga ham bog‘lanish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 15 mart kuni soat 06:00 da O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat qayd etildi. Ushbu virusni yuqtirib olgan fuqaro joriy yilning 11 mart kuni Fransiyaning Parij shahridan qaytgan. Virus bilan og‘rigan o‘zbekistonlik ayol oliy toifali shifokor bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, dunyo bo‘yicha 162 674 kishi koronavirusga chalingan. Ushbu kasallik bilan og‘rigan 6069 kishi vafot etgan. 76 219 kishi kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling.


Maqola muallifi

Teglar

karantin jamoat transporti koronavirus

Baholaganlar

134

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing