Avtomobillar hashamatga aylanishi kerak – Prezident

Jamiyat

image
Xususiy transport hamma erisha oladigan masala bo‘lmasligi kerak – Alisher Qodirov north_east

Xususiy transport hamma erisha oladigan masala bo‘lmasligi kerak – Alisher Qodirov

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev  mamlakatda jamoat transporti haligacha odamlarga sifatli xizmat ko‘rsatadigan tizimga aylanmaganini aytdi. Bu haqda u bugun, 29 yanvar kuni o‘zi raisligida bo‘lib o‘tayotgan uy-joy, qurilish, kommunal xo‘jaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilishda so‘z ochdi.

“Jamoat transporti qamrovi bor-yo‘g‘i 25 foiz ekani – bu tizimga berilgan baho”, deydi Prezident.

Yig‘ilishda viloyatlarga yetkazilishi reja qilingan  avtobuslarning hammasi ham olib kelinmagani, Andijon, Samarqand, Namangan, Qarshi va Urganch shaharlarida yo‘lovchi tashishni brutto-shartnoma asosida moliyalashtirish tizimini joriy qilish  ishlari yakuniga yetkazilmagani tanqid qilindi.

Transport vaziri va viloyat hokimlari bu ishlarni to‘liq yakunlab, 1 martga qadar 5 ta viloyat markazida, 1 iyungacha qolgan 8 ta shaharda yangi tizimni yo‘lga qo‘yishi shartligi qat’iy ko‘rsatib o‘tildi.

Shuningdek, poytaxt Toshkentda tirbandlik katta muammoga aylanib borayotgani qayd etildi.

Ta’kidlanishicha, ayrim ko‘chalarda ish kunlari o‘rtacha 7-9 ballik, ba’zan 10 ballik tirbandliklar kuzatilmoqda, ba’zilariga 2 karra ko‘p yuklama tushmoqda. Oqibatda kunning tig‘iz paytida manzilga borish uchun 2 barobar ko‘p vaqt sarflanmoqda.

Shu o‘rinda Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov, Transport vazirligi, Toshkent shahar hokimligiga tizimli yondashgan holda tirbandliklar muammosi bo‘yicha takliflarni shakllantirish va Prezidentga taqdimot qilish topshirildi.

"Shaharsozlik va yo‘l harakatiga mas’ul barcha bo‘g‘indagi rahbarlar "Shahar – piyodalar uchun” degan shiorni o‘zining asosiy tamoyili qilib olishi shart. Bunda, jamoat transportiga har tomonlama ustunlik berilishi, avtomobillar esa hashamatga aylanishi kerak", deydi Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Shavkat Mirziyoev jamoat transporti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing