Slovakiya Prezidenti koronavirusga yo‘liqdi

Olam

image

AQSHda amaliy tashrif bilan bo‘lgan Slovakiya Prezidenti Zuzana Chaputovada koronavirus aniqlandi. Bu haqda "TASR" axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Pittsburgda bo‘lgan Chaputova kecha, 4 fevral, AQSHga tashrifining so‘nggi kunida, kasalligi tufayli biznes dasturini bekor qilgan.  U 1 fevral kuni Kanadadan AQSHga kelgan, keyin esa Kaliforniyaga uchgan edi. 

Slovakiya Prezidenti tadbirkorlar delegatsiyasiga boshchilik qilgan va Google kompaniyasining bosh qarorgohiga tashrif buyurgan.

Prezident bugun Slovakiyaga qaytib kelgan. Shuningdek, u keyingi bir necha kunlik ish dasturini bekor qilgani ma’lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning dekabr oyida Germaniya kansleri Olaf Shols koronavirusga chalingan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing