Slovakiyadagi maktabda pichoqbozlik bo‘ldi. Qurbon bor

Olam

−

image

Bugun, 29 sentyabr kuni Slovakiya shimoli-g‘arbidagi Strashkov posyolkasi maktab o‘quvchisi sinfdosh qizga va ikki nafar o‘qituvchiga pichoq bilan jarohat yetkazdi. Bu haqda “Pravda” xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘qituvchilardan biri og‘ir ahvolda vertolyotda shifoxonaga yetkazilgan. Qutqaruvchilar uning hamkasbiga voqea joyida yordam ko‘rsatishga harakat qilgan. “JOJ” telekanali esa o‘qituvchilardan biri vafot etgani haqida axborot bergan. Maktab o‘quvchisi yelkasidan jarohat olgan. Yaradorlarning ahvoli haqida boshqa tafsilotlar keltirilmagan.

Hujumni buvisi tomonidan tarbiyalanayotgan sakkizinchi sinf o‘quvchisi sodir etgan. Politsiya uning harakatlarini og‘ir jinoyatlar haqidagi jinoiy moddalar bo‘yicha malakalamoqda.

Favqulodda hodisa joyiga politsiya, qutqaruvchilar va tibbiy xizmat vertolyotlarini o‘z ichiga olgan tez tibbiy yordam kuchlari yetib borgan. Strashkovga Slovakiya Ichki ishlar vaziri Matush Shutay-Eshtok va respublika Ta’lim vaziri Tomash Druker jo‘nab ketgan.

Bu orada Slovakiya Bosh prokurori Marosh Jilinka respublikada keskinlik kuchayishidan ogohlantirgan.

“Odamlar o‘rtasida keskinlikning ortishidan ogohlantiraman. Butun jamiyatni zo‘ravonlik, nafrat va ortib borayotgan agressiya ko‘rinishlariga befarq bo‘lmaslikka qat’iy da’vat etaman”, deydi Bosh prokuror.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Manisa viloyati Turgutlu tumanidagi litsey oldida noma’lum shaxs qurol bilan atrofga tasodifiy o‘q uzgandi. Hujum oqibatida bir o‘quvchi halok bo‘lgan, 8 kishi jabrlangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing