O‘zbekistonda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 12 nafar sudya ishdan quvildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda joriy yilning o‘tgan 6 oyida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani sabab 12 nafar sudya lavozimidan ozod qilinib, vakolati muddatidan oldin tugatilgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Sudyalar oliy kengashi axborot xizmati rahbari Tursunali Akbarov ma’lum qildi

Bundan tashqari, faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 128 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortilgan.

“O‘tgan olti oyda sudyalar faoliyatiga aralashish, ularning daxlsizligiga ta’sir o‘tkazishga urinish holatlari bo‘yicha Sudyalar oliy kengashi raisi tomonidan Bosh prokuraturaga 3 ta taqdimnoma kiritilgan. Buning natijasida 1 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va 2 ta holat bo‘yicha tegishli tartibda o‘rganish olib borilmoqda”, deya qo‘shimcha qildi Akbarov.

Sudyalarni tayinlash, joy-joyiga qo‘yish, bo‘sh lavozimlar uchun ochiq va oshkora o‘tkazilgan tanlovlar natijasida esa o‘tgan olti oyda 133 nafar nomzod sudyalik lavozimiga tayinlangan. Ularning 55 nafari sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatda 10 yillik muddatiga, 3 nafari muddatsiz davrga, 72 nafari vakolati muddati davriga yuqori va boshqa sudyalik lavozimlariga, 3 nafar nomzod ilk bor sudyalikka tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax sud boshqaruvchilar assotsiatsiyasi a’zosi pora bilan ushlangan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Sud'ya Sud'yalar oliy kengashi Tursunali Akbarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made