O‘zbekistonda Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
Jamiyat
−
30 may 7532 1 daqiqa
O‘zbekiston hududida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi. Toshkent shahrida Hayit namozi shu kuni 5:10 da o‘qiladi. Bu haqda bugun, 30 may kuni poytaxtning Olmazor tumanidagi “Munavvar qori” jome masjidida imom juma namozi oldidan ma’ruzasida ma’lum qildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi qoshidagi Fatvo markazi mamlakatda Zulhijja oyining birinchi kuni 28 mayga to‘g‘ri kelganini ma’lum qilgandi. Hijriy-qamariy yil hisobi bo‘yicha Zulhijja oyining 10-kuni Iydul Azho – Qurbon hayitining birinchi kuni hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Saudiya Arabistonida ham Qurbon hayitining 6 iyun kuni nishonlanishi xabar qilingandi. Podshohlik davlat va xususiy sektor xodimlari uchun bir haftalik Hayit bayramini e’lon qildi.
Live
Barchasi